Sog‘lom turmush tarzini keng tadbiq etish, xodimlar salomatligini yaxshilash shuningdek, ular oʻrtasida turli sport turlarini ommalashtirish maqsadida tizim xodimlari o‘rtasida, O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 32 yilligiga bag‘ishlab sportning mini futbol turi bo‘yicha Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasi kubogi musobaqasi o‘tkazildi.
Tizim xodimlari o‘rtasida o‘tkazilgan ushbu mini futbol musobaqasi qizg‘in va murosasiz bahslarga boy tarzda bo‘lib o‘tdi. Musobaqa yakunida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan xodimlarga boshqarma boshlig‘ining kubogi topshirildi. Shuningdek o‘yinda faol ishtirok etgan xodimlarga boshqarma Kasaba uyushmasi tomonidan diplom hamda esdalik sovg‘alar taqdim etildi.
Boshqarma tomonidan bunday sport tadbirlari kelgusida ham doimiy tarzda o‘tkazilib borilishi belgilangan.