Statistika agentligining dastlabki maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston 2023-yilning yanvar-iyul oylarida xorijdan qiymati 130 mln AQSH dollariga teng boʻlgan qariyb 1,9 mln dona barcha turdagi mobil telefonlar import qilgan.
Mobil telefonlar importi 2022-yilning mos davri bilan solishtirilganda 365 880 taga oshgan.
Oʻzbekiston 2023-yilning 7 oyida eng koʻp mobil telefon import qilgan davlatlar:
Xitoy – 1,7 mln dona
Vetnam – 189,2 ming dona
Hindiston – 14,3 ming dona
Qozogʻiston – 2,4 ming dona
BAA – 1,9 ming dona