31/08/2023

2023-yilning 1-avgust holatiga Sirdaryo viloyatida jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) soni 13 298 tani tashkil etib, 83,6 foizini (11 113 tani) kichik tadbirkorlik subyektlari tashkil etganligi ma’lum bo‘ldi.

Hududlar kesimida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni quyidagi ko‘rinishda taqsimlangan:

Guliston shahri – 3 214 ta

Sirdaryo tumani – 1 623 ta

Mirzaobod tumani – 1 183 ta

Boyovut tumani – 1 177 ta

Sayxunobod tumani – 1 078 ta

Guliston tumani – 1 038 ta

Sardoba tumani – 1 007 ta

Oqoltin tumani – 883 ta

Yangiyer shahri – 917 ta

Xovos tumani – 819 ta

Shirin shahri – 359 ta