Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-iyul oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 820,3 tonna mayonez ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 18,4 % ga oshgan. 2023-yilning iyul oyida yirik korxonalar tomonidan 106,3 tonna mayonez ishlab chiqarilgan.