29/08/2023

Sirdaryo viloyatida 2023-yilning yanvar-iyul oylarida norasmiy sektor hissasiga to‘g‘ri kelgan qurilish ishlarining ulushi 7,1 % ni tashkil etib, 135,9 mlrd. so‘m miqdorida qayd etildi. 2022- yilning mos davriga nisbatan 112,4 % ni tashkil etdi. Shundan 69,8 mlrd. so‘mi yakka tartibdagi uy-joy qurilishiga to‘g‘ri kelib, 2022- yilning mos davriga nisbatan 119,7 % ni, jismoniy shaxslar tomonidan noturar-joylar qurilishi 7,4 mlrd. so‘mni va 121,8 % ni, yakka tartibdagi turar-joylarni ta'mirlash ishlari 58,7 mlrd. so‘mni va 103,9 % ni tashkil etdi.