Joriy yilning 28-avgust kuni “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Sirdaryo viloyat Kengashidagi deputatlik guruhi tomonidan mansabdor shaxslar hisobotini eshitish boʻyicha yigʻilish oʻtkazildi. Ushbu yigʻilishda Viloyat statistika boshqarmasi boshligʻi U.Elmuratov 2023-yil “Insonga e'tibor va sifatli ta’lim” yilida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan bayonot berdi.
Shuningdek, U.Elmuratov deputatlar guruhiga bugungi kunda statistika faoliyatidagi dolzarb muammolarga to‘xtalib o‘tdi. Jumladan, aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish jarayonida viloyatning ayrim hududlarida aholi yashaydigan honadonlarni raqamlanmaganligi, mahallalarning ko‘chalariga nom belgilari o‘rnatilmaganligi bu kabi kamchiliklar aholini roʻyxatga olish tadbirini sifatli tashkil qilishga salbiy taʼsir koʻrsatishi, aholini roʻyxatga olishni xalqaro talablarga mos ravishda yuqori saviyada oʻtkazilishini taʼminlash aholi punktlari xaritalarining aniqligiga va hududlarda aholi yashaydigan turar joylarning toʻliq raqamlanganligiga bevosita bogʻliqligini aytib o‘tdi.
Yigʻilish yakunida deputatlik guruhi vakillari tomonidan ushbu mavjud muammolar yuzasidan oʻz fikr-mulohazalari bildirildi va tegishli qarorlar qabul qilindi.