Joriy yilning 28-avgust kuni viloyat statistika boshqarmasi tizimida “Huquqiy bilimlar kuni” doirasida O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari ma’lumotlarining milliy bazasi - «Lex.uz»dan olingan, Statistika agentligi hamda Adliya boshqarmasi tomonidan yuborilgan normativ-huquqiy hujjatlar muhokamasi mavzusida oʻquv mashgʻuloti oʻtkazildi. Unda, boshqarma bosh yuriskonsulti K.Gaynazarova O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari ma’lumotlarining milliy bazasi - «Lex.uz»dan olingan, Statistika agentligi hamda Adliya boshqarmasi tomonidan yuborilgan normativ-huquqiy hujjatlar bilan tanishtirib, ayrimlarning mazmuniga qisqacha to‘xtalib o‘tdi. Jumladan, ma’ruzachi tomonidan 2023 yil 8 avgustdagi “Normativ-huquqiy hujjatlarning va ular loyihalarining korruptsiyaga qarshi ekspertizasi to‘g‘risida”gi O‘RQ-860-son Qonuni, 2023 yil 9 avgustdagi “Narkologik kasalliklar profilaktikasi va ularni davolash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritish haqida”gi O‘RQ-861-son Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 28 iyuldagi “Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlarini moddiy qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-120-son Farmoni, 2023 yil 3 avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi PF-125-son Farmoni va boshqa qonun xujjatlar bo‘yicha tushuntirishlar berib o‘tdi.
Yig‘ilish yakunida xodimlarning yangi qabul qilingan me’yoriy-huquqiy hujjatlari yuzasidan fikr-mulohazalarini eshitildi va xodimlar tomonidan berilgan savollarga K.Gaynazarova javob berib o‘tdi.
28/08/2023