2023-yilning 1-avgust holatiga Sirdaryo viloyatida jami faoliyat ko‘rsatayotgan sanoat korxonalari soni 1 503 ta (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) bo‘lib, jami korxonalarning 11,3 foiz ulushini tashkil etdi, shundan kichik biznes subyektlariga tegishli soni 1 471 taga to‘gri keldi.
Hududlar kesimida faoliyat yuritayotgan sanoat korxonalari soni quyidagicha taqsimlangan:
Guliston shahri – 320 ta
Sirdaryo tumani – 221 ta
Mirzaobod tumani – 147 ta
Yangiyer shahri – 142 ta
Boyovut tumani – 140 ta
Sayxunobod tumani – 138 ta
Guliston tumani – 106 ta
Xovos tumani – 96 ta
Sardoba tumani – 77 ta
Oqoltin tumani – 67 ta
Shirin shahri – 49 ta