28/08/2023

Statistika agentligining dastlabki maʼlumotlariga koʼra, 2023 yilning yanvarь-iyulь oylarida Oʼzbekiston 1,1 mln tonna meva- sabzavotlar eksportini amalga oshirgan.

Bu koʼrsatgich 2022 yilning mos davriga nisbatan 1,2 barobarga yoki 153,8 ming tonnaga koʼpaygan.

Oʼzbekiston meva-sabzavot mahsulotlarining asosiy eksport bozorlari Rossiya (41,8 %), Pokiston (14,6 %), Qozogʼiston (12,0 %) hamda Qirgʼiz Respubliakasi (9,1 %) hissasiga toʼgʼri kelgan.

2023 yilning yanvarь-iyulь oylarida xorijga qiymati 672,9 mln АQSh dollarlik meva-sabzavotlar eksport qilindi. Bu koʼrsatkich 2022 yilning mos davriga nisbatan 22,4 % ga koʼpaydi va jami eksportdagi ulushi 4,5 % ni tashkil etdi.