Sirdaryo viloyatida 2023- yil 1- avgust holatiga ko‘ra, kichik tadbirkorlik subyektlari umumiy sonining 59,2 foizi yoki 6 577 tasi xizmatlar sohasida faoliyat ko‘rsatadi. Xizmatlar sohasida faoliyat yuritayotgan yangi tashkil etilgan kichik korxona va mikrofirmalar soni 761 tani yoki ularning umumiy sonining 55,5 foizini tashkil etdi.
Ko‘rsatilgan bozor xizmatlarining umumiy hajmida kichik tadbirkorlik subyektlarining ulushi 51,5 foizni, shu jumladan, 21,2 foizni kichik tadbirkorlik va mikrofirmalarning ulushi tashkil etdi.