28/08/2023

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2023-yilning yanvar-iyul oylarida aloqa va axborotlashtirish xizmatlari hajmida eng katta ulush telekommunikatsiya xizmatlariga (simli va mobil aloqa xizmatlari, Internet va boshqalar xizmatlari) to‘g'ri keladi. Ularning ulushi 57,7 %ni tashkil etdi.

Aloqa va axborotlashtirish xizmatlarining umumiy hajmida kompyuterda dasturlash xizmatlari, konsalting va boshqa tegishli xizmatlar 21,0 %, axborot xizmatlari – 11,2 %, nashriyot xizmatlari – 5,8 %, shuningdek boshqa aloqa xizmatlari - 4,3 % ni tashkil etdi.