Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-iyul oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 21,9 ming tonna kungaboqar yogʻi ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 1,7 martaga oshgan. 2023-yilning iyul oyida yirik korxonalar tomonidan 2,4 ming tonna kungaboqar yogʻi ishlab chiqarilgan.