22/08/2023

2023- yil yanvar- iyun oylarida Sirdaryo viloyatida xizmatlar sohasida kichik tadbirkorlik subyektlarining eng yuqori ulushi savdo xizmatlarida – 46,3 % (656,0 mlrd. so‘m), transport xizmatlarida – 23,8 % (338,0 mlrd. so‘m), yashash va ovqatlanish xizmatlarida – 5,1 % (72,7 mlrd. so‘m) hamda kompyuterlar va maishiy tovarlarni taʼmirlash bo‘yicha xizmatlarda 4,6 % (65,7 mlrd. so‘m)ni tashkil etdi.

Kichik biznes subyektlarining xizmatlar sohasida eng kichik ulushi aloqa va axborotlashtirish xizmatlarida 0,4 % (6,4 mlrd so‘m) kuzatildi.