17/08/2023

Sirdaryo viloyatida 2023- yil yanvar-iyun oylarida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan 1 418,3 mlrd. so‘mlik xizmatlar ko‘rsatildi yoki ko‘rsatilgan xizmatlar umumiy hajmining 50,7 % ni tashkil qildi va o‘sish sur’ati 2022- yil yanvar-iyun oylariga nisbatan 105,7 % ni tashkil qildi.

Hududlar kesimida kichik tadbirkorlik subyektlarining eng ko‘p xizmatlar hajmi Guliston shahar (403,6 mlrd. so‘m), Sirdaryo tumani (259,8 mlrd. so‘m), Yangiyer shahar (157,1 mlrd. so‘m), Mirzaobod (110,8 mlrd. so‘m), Xovos (93,5 mlrd. so‘m), Boyovut (91,3 mlrd. so‘m), Guliston (79,0 mlrd. so‘m) tumanlari hissasiga to‘g‘ri keldi.