Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekistonda 2023-yilning yanvar-iyun oylarida yirik korxonalar tomonidan 5,7 mln tonna sement ishlab chiqarilgan.
Sement ishlab chiqarish hajmi 2022-yilning mos davri bilan solishtirilganda 10,2 %ga oshgan.
Oʻzbekistonda 2023-yilning iyun oyida yirik korxonalar tomonidan 1,1 mln tonnadan ortiq sement ishlab chiqarilgani kuzatilgan.