Statistika agentligining dastlabki maʼlumotlariga koʻra, 2023-yilning yanvar-iyul oyida jami 54 783 ta yangi korxona va tashkilotlar (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) tashkil etilib, ular iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha quyidagicha taqsimlangan:
savdo sohasida – 20 437 ta
sanoat sohasida – 8 944 ta
qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida – 6 135 ta
yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida – 3 484 ta
qurilish sohasida – 2 966 ta
tashish va saqlash sohasida – 2 578 ta
axborot va aloqa sohasida – 1 792 ta
sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasida – 858 ta
boshqa sohalarda – 7 589 ta