Sirdaryo viloyatida 2023- yil yanvar-iyun oylarida kichik tadbirkorlik subyektlarining chakana savdo tovar aylanmasi hajmi 2 028,7 mlrd. so‘mni yoki umumiy chakana savdo tovar aylanmasining 92,0 % ni tashkil etib, o‘sish sur’ati 2022- yilga nisbatan 105,5 % ni tashkil qildi.
Hududlar kesimida kichik tadbirkorlik subyektlarining eng ko‘p chakana savdo tovar aylanmasi hajmi Guliston shahar (766,4 mlrd. so‘m), Sirdaryo tumani (428,6 mlrd. so‘m), Yangiyer shahar (191,8 mlrd. so‘m), Mirzaobod (146,6 mlrd. so‘m), Boyovut (90,2 mlrd. so‘m) va Guliston (89,3 mlrd. so‘m) tumanlari hissasiga to‘g‘ri keldi.