15/08/2023

Bugun dunyo miqyosida energiyaning muqobil variantlarini ishlab chiqish tobora dolzarb boʻlib bormoqda. Bu borada quyosh panellaridan foydalanish, uning afzalliklarini jamiyatning barcha boʻgʻinlariga tatbiq etish tobora ommalishib bormoqda. 

Shu sababdan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 9-sentabrdagi “Energiya tejovchi texnologiyalarni joriy qilish va kichik quvvatli qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni hamda barcha korxona va tashkilotlarga quyosh panellarini o‘rnatish yuzasidan bergan topshiriqlari asosida Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasiga ham shunday umumiy quvvati 5 kVtni tashkil etuvchi 10 ta quyosh panellari oʻrnatildi.

Ushbu quyosh panellarining o‘ziga xos xususiyati shundaki, u ikki tomonlama quvvatlanuvchi Monokristal panel bo‘lib, to‘g‘ridan-to‘g‘ri quyosh nuri tushmagan holatda va bulutli kunda ham yorug‘likni o‘zida ishlay oladi.

Ma’lumot uchun boshqarma bir oy davomida 1600 kVt elektr enrgiyasidan foydalanadi. Ushbu qurilmalarni oʻrnatish hisobiga esa bir oyda 500 kVt elektr energiyasi tejab qolinadi.

Bu bir yilda 6 000 kVt elektr energiyasini eksport qilish imkoni mavjud deganidir. Bu bilan boshqarma ham elektr energiya tejamkorligiga erishadi ham uni sotib foyda oladi.