15/08/2023

Statistika agentligining dastlabki maʼlumotlariga koʻra, 2023-yilning yanvar-iyun oylarida barcha toifadagi xoʻjaliklar tomonidan qariyb 50 ming tonna uzum yetishtirilgan.

Bu koʻrsatkich 2022 yilning mos davri bilan solishtirganda 2,7 %ga oshgan.

Oʻzbekistonda yetishtirilgan uzum umumiy hajmining qariyb uchdan bir qismi Surxondaryo viloyati (29,2 %) hissasiga toʻgʻri keldi. Shuningdek, yuqori ulush Namangan (15,1 %), Qashqadaryo (12,4 %), Buxoro (12,2 %) va Samarqand (8,9 %) viloyatlarida qayd etilgan.

Uzum yetishtirishning umumiy hajmidagi ulushining eng past koʻrsatkichlari Qoraqalpogʻiston Respublikasida (0,7 %), Jizzax viloyatida (1,4 %)ga toʻgʻri kelgani kuzatildi.