14/08/2023

Sirdaryo viloyatida 2023- yil yanvar-iyun oylarida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar hajmi 5 218,1 milliard so‘mni yoki jami investitsiya hajmining 79,5 % ni tashkil etdi. O‘sish sur’ati 2022- yilga nisbatan 100,4 % ni tashkil qildi.

Hududlar kesimida kichik tadbirkorlik subyektlarining eng yuqori asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalari hajmi Boyovut tumani (4 186,4 mlrd. so‘m), Guliston shahar (232,1 mlrd. so‘m), Sirdaryo tumani (205,5 mlrd. so‘m), Mirzaobod tumani (200,1 mlrd. so‘m), Yangiyer shahar (163,1 mlrd. so‘m), Shirin shahar (64,4 mlrd. so‘m) hamda Sayxunobod tumanlarida (50,1 mlrd. so‘m) qayd etildi.