2023- yilning yanvar-iyun oylarida, hududlar kesimida nooziq-ovqat mahsulotlar ishlab chiqarilishining viloyat jami hajmidagi eng yuqori ulushi Guliston shahriga to‘g‘ri kelib, 29,4 %, shuningdek, Sirdaryo tumani 29,1 %, Boyovut tumani 8,6 %, Yangiyer shahri 8,4 % ni tashkil etdi.