11/08/2023

2023-yilning 1-iyul holatiga Sirdaryo viloyatida jami faoliyat ko‘rsatayotgan qishloq o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi korxona va tashkilotlari soni 2 019 ta (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) bo‘lib, jami korxonalarning 15,1 foiz ulushini tashkil etdi, shundan kichik biznes subyektlariga tegishli soni 1 996 taga to‘gri keldi.

Hududlar kesimida faoliyat yuritayotgan qishloq o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi korxona va tashkilotlari soni quyidagicha taqsimlangan:

Sardoba tumani – 337 ta

Mirzaobod tumani – 307 ta

Sayxunobod tumani – 284 ta

Oqoltin tumani – 255 ta

Sirdaryo tumani – 167 ta

Guliston tumani – 193 ta

Boyovut tumani – 185 ta

Xovos tumani – 150 ta

Guliston shahri – 80 ta

Yangiyer shahri – 40 ta

Shirin shahri – 21 ta