Sirdaryo viloyatida 2023- yil 1- iyul holatiga ulgurji savdo sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan tijorat korxonalari soni 1 237 tani tashkil etib, shundan, faoliyat ko‘rsatayotgan yirik korxonalar soni 19 tani, kichik korxona va mikrofirmalar soni 1 218 tani tashkil qildi.
Ulgurji savdo tovar aylanmasida yuqori o‘sish sur’atlariga eng yirik korxonalar Boyovut (173,3) hamda Sayxunobod (188,6) tumanlarida kuzatildi.