11/08/2023

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekistonga 2023-yilning yanvar-iyun oylarida xorijdan qiymati 52,1 mln AQSH dollariga teng boʻlgan 2 397 ming dona yengil avtomobil shinalari import qilingan.

Oʻzbekiston 2023-yilning 6 oyida eng koʻp yengil avtomobil shinalarini import qilgan davlatlar:

Xitoy – 1 865,4 ming dona

Koreya R.  – 219,8 ming dona

Slovakiya – 151,3 ming dona

Turkiya  – 58,7 ming dona

Chexiya – 56,8 ming dona 

Rossiya  – 15,5 ming dona

Braziliya  – 15,3 ming dona

Boshqa davlatlar – 13,7 ming dona