10/08/2023

Sirdaryo viloyatida 2023- yil yanvar-iyun oylarida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan 2 385,7 milliard so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarildi.

Hududlar kesimida kichik tadbirkorlik subyektlarining eng ko‘p sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi Sirdaryo tumani (650,7 mlrd. so‘m), Guliston shahar (345,9 mlrd. soʻm), Yangiyer shahar (317,6 mlrd. soʻm), Shirin shahar (299,8 mlrd. soʻm), Sayxunobod (162,7 mlrd. soʻm) va Guliston tumanlari (70,9  mlrd. soʻm) hissasiga to‘g‘ri keldi.