10/08/2023

Boshqa hududlar bilan taqqoslaganda, chakana savdo xizmatlarining eng katta ulushi Guliston (80,8 %), Oqoltin (78,1 %) va Sardoba tumanlarida (73,7 %), Yangiyer shahrida (81,6 %) kuzatilmoqda.

Sayxunobod tumanida bu ko‘rsatkich nisbatan past. Bu yerda chakana savdo ulushi 41,8 % ni tashkil etdi. Biroq, bu tumanda ulgurji savdoda xizmatlar ulushi (avtomobil va mototsikl savdosidan tashqari) ancha katta – 53,7 % ulushni tashkil etdi.

Avtomobillar va mototsikllarning ulgurji va chakana savdosidagi xizmatlarning nisbatan yuqori ulushi Mirzaobod (29,9 %), Oqoltin (14,0 %), Sardoba (11,4 %), Guliston (9,7 %) tumanlarida qayd etildi.