Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Barqaror rivojlanish yechimlari tarmogʻi (SDSN) va xalqaro ekspertlar tomonidan 2023-yilda eʼlon qilingan BRM (SDG index) reytingida Oʻzbekiston 71,1 indeks bilan 166 ta mamlakat orasida 69 oʻrinni egalladi.
Bu natija 2022-yilga nisbatan 8 pogʻonaga oshgan. 2022-yilda Oʻzbekiston 69,9 indeks bilan 77 oʻrinda qayd etilgan edi.
2023-yilgi SDG index hisobotiga koʻra, Oʻzbekistonda Barqaror rivojlanishning quyidagi 10 ta maqsadlari boʻyicha koʻrsatkichlarida ijobiy oʻsish qayd etilgan:
mamlakatda kambagʻallikni qisqartirish
sogʻliq saqlash va farovonlikni taʼminlash
sifatli taʼlim bilan taʼminlash
gender tengligiga erishish
toza suv va sanitariya
sanoatlashtirish, innovatsiya va infratuzilma
shahar va aholi punktlarini barqaror rivojlantirish
iqlim oʻzgarishiga qarshi kurashish
tinchlik, adolat va samarali boshqaruv
barqaror taraqqiyot yoʻlidagi hamkorlik