Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2023-yilning iyul oyida sartaroshxona xizmatlari narxlari iyun oyiga nisbatan yaʼni bir oyda oʻrtacha 0,7 % ga oshgan.
Sartaroshxona xizmatlari narxlari yil boshidan buyon oʻrtacha 9 % ga oʻsgani kuzatilgan.
2023-yilning iyul oyida oʻtgan oyga nisbatan:
Ayollar uchun sartaroshxona xizmatlari narxlari - oʻrtacha 0,3 % ga oshgan.
Erkaklar uchun sartaroshxona xizmatlari narxlari - oʻrtacha 1,1 % ga oshgan.
Kosmetolog xizmatlari oʻrtacha 0,7 % ga oshgani kuzatilgan.