Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2023-yilning yanvar-iyun oylarida Oʻzbekistonda yirik korxonalar tomonidan 1 097 ta yuk avtomobili ishlab chiqarilgan.
Soʻnggi yillarda ishlab chiqarilgan yuk avtomobillari soni:
2021-yil yanvar-iyun – 1 855 ta
2022-yil yanvar-iyun – 2 166 ta
2023-yil yanvar-iyun – 1 097 ta
2023-yilning yanvar-iyun oylarida Oʻzbekistonga 18 ta xorijiy davlatlardan qiymati 143 mln AQSH dollariga teng boʻlgan 34 300 ta yuk avtomobillari import qilingan.