10/08/2023

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2023-yil yanvar-iyun oylarida Oʻzbekistonda barcha toifadagi xoʻjaliklar tomonidan 5,4 mln tonna donli ekinlar yetishtirilgan.

Bu koʻrsatkich 2022-yilning mos davri bilan solishtirganda 7,3 %ga oshgan.

Don ekinlarini yetishtirish boʻyicha hududlar oʻrtasida peshqadamlikni Fargʻona viloyati egalladi. Uning, don ekinlari umumiy hajmidagi ulushi 12 %dan oshgan.

Shu bilan bir qatorda, yuqori ulush Surxondaryo (11,8 %), Qashqadaryo (11,3 %), Andijon (9,0 %), Samarqand (8,3 %) va Jizzax (8,2 %) viloyatlarida qayd etilgan.

Umumiy hajmdagi past ulush, Qoraqalpogʻiston Respublikasi (2,1 %) va Navoiy viloyati (3,6 %) da kuzatildi.