2023-yilning yanvar-iyun oylarida Sirdaryo viloyatida, tayyor mahsulot turlarini kengaytirish va ishlab chiqarilishini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirib kelinayotgan chora-tadbirlar natijasida, iste’mol mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 1565,9 mlrd so‘mni tashkil etdi va 2022- yilning mos davriga nisbatan 112,1 %, uning jami sanoatdagi ulushi 21,4 % ni tashkil etdi.