Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2023-yilning 1-avgust holatiga ko‘ra, respublikamizda chet el investitsiyalari ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni 12 771 tani tashkil etdi. Shundan qo‘shma korxonalar 4 849 ta va xorijiy korxonalar 7 922 ta.
Ularning sohalar bo‘yicha soni quyidagicha:
savdo sohasida – 4 190 ta
sanoat sohasida – 3 172 ta
qurilish sohasida – 885 ta
axborot va aloqa sohasida – 771 ta
qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida – 479 ta
yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida – 467 ta
tashish va saqlash sohasida – 430 ta
sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmat ko‘rsatish sohasida – 178 ta
boshqa sohalarda – 2 199 ta