08/08/2023

Sirdaryo viloyatida 2019-2023 yil yanvar- iyun oylari davomida jami 7 121 ta kichik korxona va mikrofirma yangidan tashkil etildi. Yangi tashkil etilgan kichik korxona va mikrofirmalar sohalar kesimida tahlil qilinganda, eng ko‘p yangi subyektlar savdo sohasida – 2 791 (yoki 39,2 %) ta, qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi – 1 496 ta (yoki 21,0 %), xizmatlar sohasida – 1 164 ta (yoki 16,3 %), sanoat sohasida – 1 137 ta (yoki 16,0 %) va qurilish sohasida – 533 ta ( yoki 7,5 %) tashkil etilgan.