07/08/2023

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2023-yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra, savdo tarmog‘ining O‘zbekiston Respublikasi YAIMidagi ulushi 7,5 % ni tashkil etdi.

Savdo tarmog‘ining yalpi qo‘shilgan qiymati tarkibida eng katta ulush chakana savdo (avtotransport vositalari savdosidan tashqari)ga to‘g‘ri keldi va 63,5 % ni tashkil etdi.

Ulgurji savdo (avtotransport vositalari savdosidan tashqari)ning ulushi 29,4 % ni, avtotransport vositalarining ulgurji va chakana savdosi hamda ularni ta’mirlashning ulushi 7,1 % ni tashkil qildi.