07/08/2023

 Sirdaryo viloyatida 2023-yilning 1-iyul holatiga jami faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik subyektlari (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) 13 405 ta bo‘lib, shundan kichik tadbirkorlik subyektlari soni 11 223 tani tashkil etgan.

Faoliyat ko‘rsatayotgan kichik tadbirkorlik subyektlari sonining yuqori ko‘rsatkichlari quyidagi hududlarda qayd etilgan:

 Guliston shahrida – 2 657 ta

Sirdaryo tumani – 1 354 ta

Sayxunobod tumani – 926 ta

Boyovut tumani – 960 ta

Guliston tumani – 897 ta

Mirzaobod tumani – 1 024 ta

 

Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha esa kichik tadbirkorlik subyektlari soni quyidagicha taqsimlangan:

 savdo sohasida – 4 386 ta

qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida – 1 996 ta

sanoat sohasida – 1 488 ta

qurilish sohasida – 1 100 ta