Joriy yilning 4-avgust kuni Viloyat statistika boshqarmasida tizim xodimlari o‘rtasida “Yoshlarni axborot xurujlaridan asrashning zamonaviy usullari” mavzusida navbatdagi ma’naviyat soati o‘tkazildi. Unda Guliston shahar ma’naviyat bo‘limi boshlig‘i I.Norbekov ishtirok etdi.
Davra suhbati davomida I.Norbekov bilan birgalikda boshqarma xodimlari bugungi kunda yoshlarimizni ongini zaharlayotgan bir nechta ijtimoiy tarmoqlardagi mavzular, axborot hujumlari, ularni oldini olish borasida viloyatimizda olib borilayotgan keng ko‘lamli ma’naviy va ma’rifiy ishlar to‘g‘risida o‘z fikr-mulohazalari bilan bo‘lishishdi.
Shuningdek, shahar ma’naviyat bo‘limi boshlig‘i tomonidan boshqarmaning ma’naviyat va ma’rifat burchagidagi kitoblar javoniga inson tafakkurini kamolotga yetaklovchi bir nechta kitoblar sovg‘a qilindi.