Statistika agentligining dastlabki maʼlumotlariga koʻra, 2023-yilning yanvar-iyun oylarida qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligi mahsulot (xizmat)larining umumiy hajmi 154,5 trln soʻmni tashkil etgan.
Bu koʻrsatkich 2022-yilning mos davri bilan solishtirilganda 3,8 % ga koʻp.
2023-yil yanvar-iyun oylarida barcha toifadagi xoʻjaliklar tomonidan yetishtirilgan dehqonchilik mahsulotlari hajmi:
Donli ekinlar – 5,4 mln tonna
Sabzavotlar – 3,3 mln tonna
Kartoshka – 1,7 mln tonna
Poliz ekinlari – 243 ming tonna
Meva va rezavorlar – 1 mln tonna
Uzum – 49,4 ming tonna