04/08/2023

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2023-yilning iyul oyida oʻsimlik yogʻi narxlari iyun oyiga nisbatan yaʼni bir oyda oʻrtacha 2,4 % ga arzonlashgan.

Oʻsimlik yogʻi narxlari 2023-yil boshidan beri oʻrtacha 12,7 % ga arzonlashgani kuzatilgan.

2023-yilning iyul oyida oʻtgan oyga nisbatan:

Paxta yogʻi narxlari - oʻrtacha 2 % ga arzonlashgan.

Kungaboqar moyi narxlari - oʻrtacha 2,8 % ga arzonlashgan.

Sariyogʻ  narxlari - oʻrtacha 0,5 % ga oshgan.

Margarin  narxlari - oʻrtacha 0,1 % ga oshgan.