2023- yilning yanvar-iyunida YAHMning o‘sishi hudud iqtisodiyotining asosiy tarmoqlaridagi ijobiy o‘sish sur’atlari bilan bog‘liqdir. O‘sish sur’atlari qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida 105,3 % (YAHMning tarmoqlar bo‘yicha tarkibidagi ulushi – 31,6 %), sanoatda – 106,7 % (30,0 %), qurilishda – 100,9 % (8,0 %), xizmatlar sohasida – 103,8 % (30,4 %)ni tashkil etdi.
Xizmatlar sohasi tarkibida o‘sish sur’atlari savdo, yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlarda 105,3 % (4,9 %), tashish va saqlash, axborot va aloqa 109,3 % (3,5 %), boshqa xizmat tarmoqlarida 102,6 % (22,0 %)dan iborat bo‘ldi.