Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2023-yilning iyul oyida isteʼmol sektoridagi tovarlar va xizmatlar oʻrtacha 0,2 % ga arzonlashgan.
2023-yilning iyul oyida narxlar va tariflarda oziq-ovqat mahsulotlari oʻrtacha 0,9 % ga arzonlashgan boʻlsa, nooziq-ovqat tovarlari 0,3 % ga va aholiga pullik xizmatlar koʻrsatish narxlari oʻrtacha 0,5 foizga oshgani kuzatilgan.
Isteʼmol sektoridagi narxlarning yillik oʻsish darajasi 8,9 % ga yetdi.
Yil boshidan buyon isteʼmol sektoridagi narxlar indeksi oʻrtacha 3,3 % ga oʻsgan.