2023-yilning 1-iyul holatiga Sirdaryo viloyatida jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) soni 13 405 tani tashkil etib, 83,7 foizini (11 223 tani) kichik tadbirkorlik subyektlari tashkil etganligi ma’lum bo‘ldi.
Hududlar kesimida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni quyidagi ko‘rinishda taqsimlangan:
Guliston shahri – 3 229 ta
Sirdaryo tumani – 1 618 ta
Mirzaobod tumani – 1 189 ta
Boyovut tumani – 1 193 ta
Sayxunobod tumani – 1 093 ta
Guliston tumani – 1 058 ta
Sardoba tumani – 999 ta
Oqoltin tumani – 891 ta
Yangiyer shahri – 943 ta
Xovos tumani – 832 ta
Shirin shahri – 360 ta