01/08/2023

Statistika agentligining dastlabki maʼlumotlariga koʻra, 2023-yilning yanvar-iyun oylarida transport xizmatlari hajmi 49,1 trln soʻmni tashkil etgan.

Bu koʻrsatkich 2022-yilning mos davri bilan solishtirilganda 8,6 % ga oshgan.

Koʻrsatilgan bozor xizmatlarining umumiy hajmida transport xizmatlarining ulushi 23,1 % ni tashkil etdi.

2023-yilning 1-iyul holatiga koʻra, asosiy faoliyat turi tashish va saqlash sohasida faoliyat koʻrsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 17 380 taga yetgan.

Ulardan 17 157 tasi (98,7 %) kichik tadbirkorlik subyektlari hisoblanadi.