01/08/2023

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2023-yilning yanvar-iyun oylarida Oʻzbekiston 36 ta xorijiy davlatdan qiymati 62 mln AQSH dollariga 19,7 ming tonna shokolad va kakao mahsulotlarini import qilgan.

Shokolad va kakao mahsulotlari importi hajmi oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 957 tonnaga oshgan.

Oʻzbekiston 6 oyda eng koʻp shokolad import qilgan davlatlar:

Rossiya – 13,8 ming tonna

Polsha – 1,9 ming tonna

Ukraina – 869 tonna

Niderlandiya  – 613 tonna

Qozogʻiston  – 589 tonna

Turkiya – 526 tonna

Belarus – 181 tonna

Litva – 156 tonna

Germaniya – 136 tonna

Italiya – 98 tonna

Fransiya – 69 tonna