2023-yilning 1-iyul holatiga Sirdaryo viloyatida jami faoliyat ko‘rsatayotgan sanoat korxonalari soni 1 521 ta (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) bo‘lib, jami korxonalarning 11,3 foiz ulushini tashkil etdi, shundan kichik biznes subyektlariga tegishli soni 1 488 taga to‘gri keldi.
Hududlar kesimida faoliyat yuritayotgan sanoat korxonalari soni quyidagicha taqsimlangan:
Guliston shahri – 318 ta
Sirdaryo tumani – 218 ta
Mirzaobod tumani – 151 ta
Boyovut tumani – 147 ta
Yangiyer shahri – 143 ta
Sayxunobod tumani – 138 ta
Xovos tumani – 100 ta
Guliston tumani – 106 ta
Sardoba tumani – 79 ta
Oqoltin tumani – 70 ta
Shirin shahri – 51 ta