28/07/2023

Statistika agentligining dastlabki maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston 2023-yilning yanvar-iyun oylarida 14 ta davlatga qiymati 3 mln AQSH dollariga teng boʻlgan 6,5 ming tonna tarvuz eksport qilgan.

Tarvuz eksporti hajmi 2022-yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 1,8 ming tonnaga oshgan.

Oʻzbekiston 2023-yilning 6 oyida eng koʻp tarvuz eksport qilingan davlatlar:

Qozogʻiston – 2 ming tonna

Qirgʻiz R. – 2 ming tonna

Rossiya – 1,5 ming tonna

Latviya – 500 tonna

Litva – 135 tonna

Germaniya – 115 tonna

Belarus – 34 tonna