Statistika agentligining dastlabki maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston 2023-yilning yanvar-iyun oylarida 23 ta xorijiy davlatdan qiymati qariyb 24,3 mln AQSH dollariga teng boʻlgan 17,1 ming tonna choy import qilgan.
Choy importi hajmi oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda ming tonnaga oshgan.
6 oyda Oʻzbekiston eng koʻp choy import qilgan davlatlar:
Xitoy – 13,5 ming tonna
Keniya – 1,0 ming tonna
Eron – 973 tonna
Hindiston – 387 tonna
Qozogʻiston – 265 tonna
Rossiya – 219 tonna
Shri-Lanka – 212 tonna
Indoneziya – 204 tonna
BAA – 181 tonna
Pokiston – 87 tonna