Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2023- yilning yanvar-iyun oylarida Sirdaryo viloyati bo‘yicha yalpi hududiy mahsulot (keyingi o‘rinlarda –YAHM) hajmi joriy narxlarda 9 150,5 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2022- yilning yanvar-iyun oylari bilan taqqoslaganda 4,9 % ga o‘sdi.
YAHM deflyator indeksi 2022- yilning yanvar-iyun oylaridagi narxlariga nisbatan 115,7 % ni tashkil qildi.
O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha YAIMning shakllanishida Sirdaryo viloyatining qo‘shgan hissasi 1,9 % ga yetdi.