Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2023-yilning 1iyul holatiga respublikamizning doimiy aholisi 36 372 276 kishini tashkil etgan.
Respublikamizning doimiy aholisi soni oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,2 % ga oshgan.
Mamlakatimiz aholisi 2023-yil boshidan buyon 347,3 ming kishiga koʻpaygan.
Oʻzbekiston aholisi 2023-yilning har bir oyida oʻrtacha 57,9 ming kishiga oshgan.
2023-yilning har bir kunida doimiy aholi soni oʻrtacha 1,9 ming kishiga koʻpaymoqda.