Statistika agentligining dastlabki maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston 6 oyda eng koʻp Xitoydan elektromobil import qilgan.
Oʻzbekiston 2023-yilning yanvar-iyun oylarida 10 ta xorijiy davlatdan qiymati 167 mln AQSH dollariga 5 403 ta elektromobil import qilgan.
Elektromobillar importi oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 4289 taga yoki qariyb 5 barobarga oshgan.
6 oyda eng koʻp elektromobil import qilingan davlatlar:
Xitoy – 4 956 ta
Gonkong – 348 ta
Germaniya – 57 ta
BAA – 16 ta
Koreya – 12 ta
AQSH – 7 ta