26/07/2023

2023-yilning 1-iyul holatiga ko‘ra, Sirdaryo viloyatida xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning soni 187 tani, shundan qo‘shma korxonalar 94 ta va xorijiy korxonalar 93 tani tashkil etgan bo‘lib, ularning sohalar bo‘yicha soni quyidagi ko‘rinishda aks etdi:

Sanoat sohasida – 96 ta

Qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida – 26 ta

Savdo sohasida – 27 ta

Qurilish sohasida – 9 ta

Tashish va saqlash sohasida – 3 ta

Axborot va aloqa sohasida – 5 ta

Yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida – 2 ta

Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasida – 1 ta

Boshqa sohalarda – 18 ta